Paragvay milliy jamoasi Ekvador bilan (0:0) hisobida durang o‘ynab, muddatidan oldin JCH-2026 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Mamlakat prezidenti 2010 yildan buyon ilk bor mundialga yo‘llanma olgan milliy jamoaning yutug‘ini munosib tarzda e’tirof etdi.
Natijada Paragvay yetakchisi 5 sentyabrni dam olish kuni va milliy bayram deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Mahalliy hokimiyat organlarining rasmiy manbalarida e’lon qilingan hujjatda ta’kidlanishicha, dam olish kuni tibbiyot sohasi xodimlariga, shuningdek, jamiyat uchun zarur bo‘lgan davlat xizmatlari sohasida band bo‘lgan amaldorlarga tatbiq etilmaydi.