Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Pandemiya: Dunyo futboli koronavirus sabab qancha zarar ko‘rdi?

Pandemiya: Dunyo futboli koronavirus sabab qancha zarar ko‘rdi?

Koronavirus tufayli dunyoning deyarli barcha futbol klublari jiddiy zarar ko‘rdi. Pandemiyasi sababli futbol klublarining 2020 yildagi jami yo‘qotishlari 14 milliard dollarga yetadi.

Tashkilotning baholashicha, futbol klublari umumiy bozorining qiymati 40-45 milliard dollarni tashkil etadi. Zarar miqdori esa umumiy qiymatning uchdan bir qismiga to‘g‘ri kelmoqda.

Qayd etilishicha, pandemiyadan Janubiy Amerika futbol klublari eng katta zarar ko‘rgan. Shuningdek, Afrika va Osiyodagi klublarning moliyaviy tang ahvolda qolayotgani FIFAni xavotirga solmoqda.

Ma’lumot uchun, FIFA pandemiya zararlarini kamaytirish maqsadida 1,5 milliard dollar mablag‘ ajratgan. Hozirga kelib FIFAga a’zo 201 mamlakat federasiyasidan 150tasi moddiy yordam masalasida murojaat qilgan.

Kiritildi: 07:40 17.09.2020. O'qildi: 1590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!