Panamada 7,2 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 27 nafar kishi jabrlandi.
Bu haqda EFE axborot agentligi Panamaning Fuqaro muhofazasi milliy tizimi (Sinaproc) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
«Kamida 27 nafar kishi yengil tan jarohatlari oldi. Shuningdek, 300 nafar aholi xavfsiz hududlarga evakuasiya qilindi, 400 dan ortiq binoga zarar yetdi», — deyiladi xabarda.