Nashrning yozishicha, Qo‘shma Shtatlarning BlackRock investisiya kompaniyasi hozirda Gonkong kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Panama kanalidagi ikkita yirik portni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Bitim AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha bor kanalga “Xitoy ta’siri borligi” haqidagi xavotirini bildirgani va hatto uni kuch bilan tortib olishga va’da berganidan keyin imzolangan.
Amerikalik investorlarning bayonotiga ko‘ra, Gongkongning CK Hutchison kompaniyasi o‘z biznesini BlackRock, Global Infrastructure Partners va Terminal Investment kiruvchi konsorsiumga sotadi. Konsorsium CK Hutchison'ning Panama portlarini boshqaruvchi sho‘’ba korxonasidagi 90% aksiyasini sotib oladi.