O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Qozog‘iston Respublikasining ikkinchi darajali "Dostiq" ("Do‘stlik") ordeni bilan taqdirlandi.
Mukofotni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev nomidan ushbu mamlakatning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov topshirdi.