Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ozib ketgan: Kim Chen In og‘ir kasal ekanligi aytilmoqda

Ozib ketgan: Kim Chen In og‘ir kasal ekanligi aytilmoqda

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning vazni keskin kamayishi uning kasalligi haqida mish-mishlarni keltirib chiqardi. Bu haqda NK News nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlar KXDR rahbarining so‘nggi rasmlarini tahlil qildilar. Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, Kim Chen In bir oy yo‘qligi davomida vazni ancha pasaygan. Nashr mualliflari Shimoliy Koreya yetakchisining soatiga alohida e’tibor berishdi: soatning kamari torroq taqilgandi.

Nashr bilan suhbatlashgan ba’zi ekspertlar Shimoliy Koreya rahbarining ozishiga sog‘lom turmush tarziga o‘tishi sabab bo‘lishi mumkin deb taxmin qilishdi. Kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra, 2011 yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri Kim Chen In har yili 6-7 kilogramm vazn qo‘shgan, 2020 yilda esa 140 kilogrammni tashkil etgan. Shu bilan birga, vaznning keskin kamayishiga, o‘tgan yildan beri mish-mish bo‘lib kelgan sog‘liq muammolari ham sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 15:47 09.06.2021. O'qildi: 6728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!