Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Ozarboyjonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Ozarboyjonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Diplomatik vakolatxona ma’lumotlariga ko‘ra, vatandosh M.J. og‘ir dardga chalingani (insult) munosabati bilan tibbiy yordam olish va O‘zbekistonga qaytish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. U bilan o‘tkazilgan muloqotda ma’lum bo‘lishicha, 10 yil davomida o‘g‘li J.J. bilan Ozarboyjonda noqonuniy yashab kelgan.

Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari ko‘rildi. Biroq, tibbiy sug‘urta va zarur hujjatlar yo‘qligi sababli turli muammolar kelib chiqdi. Yakunda bemor va uning o‘g‘li bilan kelishgan holda vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ozarboyjondagi faol vatandoshlar ko‘magida M.J. va uning o‘g‘liga "Boku-Toshkent" yo‘nalishidagi samolyotga chipta sotib olindi. Ular 29 mart kuni O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Kiritildi: 16:00 03.04.2025. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!