Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ozarbayjonda yashin urgan ikki chegarachi halok bo‘ldi

A A A
Ozarbayjonda yashin urgan ikki chegarachi halok bo‘ldi

Baxtsiz hodisa 9 iyun, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Mayor va askar yashin urishidan vafot etgan. Hodisa yuz berganida ular “Lankaron” chegara otryadi hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan bo‘lgan. Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rahbariyat halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi va ularga sabr tilaydi, — deyiladi xabarda.

31 may kuni ham Ozarbayjonda yashin urishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi, bir kishi jarohatlangandi. Qurbonlar orasida qishloq xo‘jaligi dalasida yashin urgan ayol ham bo‘lgan.

Kiritildi: 08:33 10.06.2024. O'qildi: 1347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!