Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ozarbayjonda turkiy tilli davlatlar turizm vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Ozarbayjonda turkiy tilli davlatlar turizm vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Yig‘ilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning qo‘shma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi, deya xabar beradi tashkilot kotibiyati matbuot xizmati.

24 may kuni Ozarbayjonning Shamaxi shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar turizm vazirlarining VII yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Davlat turizm agentligi rahbari Fuad Nagiyev raisligida va TDT Bosh kotibi Bag‘dat Amreev moderatorligida o‘tadigan yig‘ilishda TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar vazirlari, turizm bo‘yicha ekspertlar, Ozarbayjondagi diplomatik korpus vakillari hamda boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etadi.

TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish, Ipak yo‘lining sayyohlik salohiyatini aniqlash, bilim va tajriba almashish, «Zamonaviy Ipak yo‘li bo‘ylab qo‘shma sayohat» va «Turk dunyosining turistik poytaxti» , qishki turizm sohalaridagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish va h.k. masalalar ko‘rib chiqiladi.

Tomonlar, shuningdek, «Turk dunyosi turistik poytaxti to‘g‘risidagi Nizom» va «Turkiy davlatlarning turistik yo‘l xaritasi»ni tasdiqlaydi.

Avvalroq o‘tgan yilning iyun oyida O‘zbekistonda Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda Qo‘qon shahri birinchi turistik poytaxt deb e’lon qilingan edi. Yig‘ilishda Turkiy kengash huzurida madaniy meros ob’ektlarini saqlash jamg‘armasini tashkil etish taklifi ham bildirildi va jamg‘arma mablag‘larini onlayn platforma yaratish va madaniy meros ob’ektlarini raqamlashtirishga yo‘naltirish taklif etildi. .

Kiritildi: 19:29 22.05.2022. O'qildi: 2094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!