Ozarbayjonning amaldagi Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoyishiga ko‘ra, Ozarbayjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 2024 yil 7 fevralda bo‘lib o‘tadi.
«Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti saylovini 2024 yil 7 fevralga tayinlashni va ularning Ozarbayjon Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin», deyiladi tegishli hujjatda.
Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025 yil oktabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Saylov sanasini o‘zgartirish sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Ozarbayjon qonunchiligiga ko‘ra, respublika Prezidenti yetti yil muddatga saylanadi. Ozarbayjonda so‘nggi prezidentlik saylovlari 2018 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tdi.