Ozarbayjonda balandligi to‘qqiz qavatdan ortiq bo‘lgan uylar qurilishi taqiqlanishi mumkin. Bu osmono‘par binolarning past zilzilabardoshligi bilan bog‘liq.
Deputat Vohid Ahmadovning aytishicha, Ozarbayjon to‘qqiz qavatdan yuqori turar-joy binolarini qurishni taqiqlamoqchi. Ahmedovning ta’kidlashicha, tegishli reja allaqachon ishlab chiqilgan.
Ta’kidlash joizki, mamlakatda ko‘p qavatli uylar qurilishini to‘xtatish haqidagi munozaralar uzoq vaqtdan beri davom etib keladi.