Bugun 20 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ozarbayjon Tramp jamoasiga USAIDning noqonuniy faoliyati haqidagi faktlarni taqdim etmoqchi

Ozarbayjon Tramp jamoasiga USAIDning noqonuniy faoliyati haqidagi faktlarni taqdim etmoqchi

Boku AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) respublika hududidagi noqonuniy faoliyati to‘g‘risidagi faktlarni taqdim etadi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS.

“Hozirda Bosh prokuraturamiz USAIDning noqonuniy faoliyatini tekshirmoqda va menga dastlabki tergov haqida ma’lumot berildi. Uning natijalari tashkilotning Ozarbayjonga qarshi harakatlari ko‘lami, hukumat ishiga to‘sqinlik qilishga urinishlari, ichki ishlarimizga aralashish niyatidan dalolat beradi. “Papka” tayyor bo‘lgach, biz uni Tramp ma’muriyatiga taqdim etamiz, toki ular USAID va uning korrupsioner rahbarlariga qarshi aniq choralar ko‘rishlari mumkin”, – dedi Aliyev Bokudagi “Yangi dunyo tartibi sari” xalqaro forumida.

Kiritildi: 10:30 10.04.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!