Bugun 2 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

"Ozarbayjon samolyotini Rossiya urib tushirgani aniq": Ilhom Aliyev keskin bayonot berdi

"Ozarbayjon samolyotini Rossiya urib tushirgani aniq": Ilhom Aliyev keskin bayonot berdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokudagi xalqaro aeroportda mamlakat televideniyesiga intervyu berdi.

Unda Aliyev samolyot Grozniydan o‘qqa tutilgani, biroq Rossiya tomoni buni tan olmay, aksincha tafsilotlarni yashirishga uringanini ta’kidladi.

"Biz uchun yana bir achinarli va hayratlanarli holat shuki, Rossiya rasmiy idoralari samolyot bortida gaz balloni portlashi haqida turli taxminlarni o‘rtaga tashladi. Bu Rossiya tomonining bu masalani yopib, yashirmoqchi ekanini yaqqol ko‘rsatdi.

Shubhasiz, samolyotimiz tasodifan urib tushirilgan. Bu yerda qasddan qilingan terror harakati haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Shu sababli, aybini tan olish, do‘st davlat hisoblangan Ozarbayjondan o‘z vaqtida uzr so‘rash va bu haqda jamoatchilikni xabardor qilish - bular qilinishi lozim bo‘lgan choralar edi. Afsuski, dastlabki uch kun davomida Rossiyadan ayrim bema’ni nazariyalardan boshqa hech narsa eshitmadik", – deydi Aliyev.

Ilhom Aliyev samolyot Grozniyga qo‘nishga bir necha bor uringanda nima uchun unga qo‘nishga ruxsat berilmagani va nega aynan yaqin masofada joylashgan Mineralniye Vodi yoki Maxachqal’a aeroportiga emas, Oqtouga yo‘naltirilgani ham o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, u Rossiyadan quyidagilarni talab qildi:

1️⃣ aybga rasman iqror bo‘lish va uzr so‘rash;
2️⃣ aybdorlarni jazolash;
3️⃣ Ozarbayjon davlati hamda jabrlanganlarning oilalariga tovon puli to‘lash.

Kiritildi: 21:06 29.12.2024. O'qildi: 3590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!