Bugun 27 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Fuqaroning uyali aloqa telefonini IIB xodimi tekshirsa bo‘ladimi?

Fuqaroning uyali aloqa telefonini IIB xodimi tekshirsa bo‘ladimi?

"Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonun bor mazkur qonunning 16-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga bo‘lgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risidagi axborotni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘tkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yiladi. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘tkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yiladi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.

☝️Bundan tushinish mumkinki, fuqaroni telefonini tekshirish uchun prokurorning sanksiyasi kerak. Busiz fuqaroning telefonini hech kim tekshirishga haqli emas.

Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida yo‘l qo‘yiladi, prokuror bu haqda yigirma to‘rt soat ichida albatta xabardor qilinadi.

Ya’ni bu yerda ham ikki shart bo‘lishi kerak, birinchisi, kechiktirib bo‘lmaydigan holat bo‘lishi kerak, ikkinchisi, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror bo‘lishi kerak. Ya’ni agar kechiktirib bo‘lmaydigan holat bo‘lsa ham, xodim qo‘lida asoslantirilgan qaror bo‘lishi shart.

Kiritildi: 18:46 26.01.2025. O'qildi: 2183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!