Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ozarbayjon Rossiyaga norozilik bildirdi

Ozarbayjon Rossiyaga norozilik bildirdi

Ozarbayjon Rossiyaga norozilik notasi yubordi.

Ozarbayjon Chechenistonda uch nafar fuqarosining hibsga olinishi munosabati bilan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasi yubordi. APA axborot agentligining diplomatik manbalari Nixad Rzayev, Elxan Shirinov va Vugar Magerramovlar hibsga olingani haqida xabar bermoqda.

Notada ushlangan fuqarolarini Ukraina hududidagi urush zonasiga majburan o‘tkazish ehtimolidan xavotir bildirilgan. Ozarbayjon tomoni Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan vaziyatni tushunishini va o‘z fuqarolari huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rishni talab qilgan.

OAV xabarlariga ko‘ra, Ukrainada harbiy kampaniya boshlanganidan beri Rossiya jangovar harakatlarda qatnashish uchun migrantlarni faol ravishda jalb qilmoqda. Ular orasida nafaqat Markaziy Osiyodan, balki boshqa davlatlar, jumladan, Hindiston, Kuba, Shri-Lanka fuqarolari ham bor.

Muhojirlarga shartnoma imzolash evaziga fuqarolik va’da qilinadi, Rossiya pasportini olganlar esa ko‘pincha fuqarolikni bekor qilish tahdidi ostida safarbarlikka majburlanmoqda.

RF Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin iyun oxirida Rossiya fuqaroligini olgan 10 ming muhojir urushga jo‘natilganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 19:10 18.09.2024. O'qildi: 1226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!