Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ozarbayjon «Qasos operasiyasi» o‘tkazilishini e’lon qildi

Ozarbayjon «Qasos operasiyasi» o‘tkazilishini e’lon qildi

13 fevral kuni Ozarbayjon Davlat chegara xizmati bo‘linmalari Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan bir kun oldin sodir etilgan provokasiyaga javoban «Qasos olish operasiyasi» o‘tkazdi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Armanistonning Kofan viloyati Nerkin-And aholi punkti yaqinidagi Armaniston qurolli kuchlarining jangovar posti butunlay yo‘q qilingan. Kecha ushbu hududdan Davlat chegara xizmatining ozarbayjonlik harbiy xizmatchilari o‘qqa tutildi.

Vayron qilingan jangovar post shaxsiy tarkibi orasida qurbonlar haqida xabar berilgan.

«Armaniston tomonining Ozarbayjon-Armaniston shartli davlat chegarasidagi operativ vaziyatni keskinlashtirishga qaratilgan har bir provokasiyasiga bundan buyon yanada jiddiyroq va qat’iy choralar ko‘riladi», — deyiladi Davlat chegara xizmati xabarida.

Kiritildi: 17:07 13.02.2024. O'qildi: 2963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!