Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ozarbayjon prezidenti Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shar’ga maktub yo‘lladi

Ozarbayjon prezidenti Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shar’ga maktub yo‘lladi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Suriyadagi siyosiy o‘zgarishlar munosabati bilan mamlakatning o‘tish davri prezidenti Ahmad al-Shar’ga maktub yo‘lladi.

Maktubda Ilhom Aliyev Ahmad al-Shar’ni ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, Ozarbayjon Suriya bilan do‘stlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga katta ahamiyat berishini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Ozarbayjon Suriyaga mazkur muhim o‘tish davrida zarur yordam ko‘rsatishga tayyor.

Prezident Aliyev Ozarbayjon-Suriya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi. Shu munosabat bilan u Suriya rahbarini rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga kelishga taklif qildi.

Kiritildi: 20:48 16.02.2025. O'qildi: 1228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!