Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Ozarbayjon prezidenti Netanyaxu va Erdog‘an o‘rtasida uchrashuv uyushtirmoqchi

Ozarbayjon prezidenti Netanyaxu va Erdog‘an o‘rtasida uchrashuv uyushtirmoqchi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida uchrashuv tashkil etishga urindi, deb xabar bermoqda Globes. Turkiya Netanyaxu samolyotini o‘z havo hududidan o‘tkazishga ruxsat bermagani uchun uchrashuv muvaffaqiyatsiz tugadi.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv Netanyaxuning 8-mayga mo‘ljallangan Bokuga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Turkiyaning murosasizligi tashrifning noma’lum muddatga qoldirilganiga olib keldi.

Avvalroq Turkiya hukumati Isroil prezidenti Isaak Gersogning iqlim sammiti uchun Bokuga uchishiga ham to‘sqinlik qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!