Boku BRIKSga qo‘shilish niyatida. Bu haqda respublikaning Moskvadagi elchisi Po‘lat Bulbul o‘g‘liga tayanib, «TASS» xabar berdi.
«Ozarbayjon rostdan ham shu kabi niyatini bildirdi. Bu haqda rossiyalik hamkasblarimiz bilan gaplashdik», — deydi diplomat. U BRIKSga qo‘shilish muddatiga aniqlik kiritmagan.
Xalqaro guruhning navbatdagi sammiti 22-24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadi.
BRIKS — iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bo‘lib, bugun tashkilotda to‘qqizta davlat bor.