Ozarbayjon tomoni uch kishi halok bo‘lganini, Armaniston Mudofaa vazirligi to‘rt nafar halok bo‘lgani va olti nafar yaralanganini, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir ekanini xabar qilmoqda.
Otishma bir kun avval, Armanistonni Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘lovchi Lochin yo‘lagidan bir necha kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Har bir tomon ikkinchisini birinchi bo‘lib o‘t ochganlikda ayblaydi.