Ozarbayjon ozodligi va mustaqilligi uchun kurash ramziga aylangan 1990 yil 20 yanvardagi Bokudagi qonli voqealarga 35 yil to‘ldi.
1990 yil 20 yanvarda Armanistonning agressiv harakatlariga va uning Ozarbayjonga nisbatan hududiy da’volariga hamda sobiq SSSR rahbariyatidan olgan homiyligiga qarshi xalq ommasining keng ko‘lamli namoyishlarini bostirish uchun Sovet armiyasi bo‘linmalarining Bokuga kiritilishi fojiaga olib keldi.
1990 yil 20 yanvar Ozarbayjon mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uchun kurashda qahramonlik sahifasi sifatida tarixga kirdi.
1990 yil 19 yanvardan 20 yanvarga o‘tar kechasi Boku va Ozarbayjonning boshqa viloyatlariga olib kelingan harbiy qismlarda 147 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 744 nafar begunoh fuqaro tan jarohati oldi, ularning ko‘pchiligi nogiron bo‘lib qoldi, 841 kishi noqonuniy hibsga olindi.
Qurbonlar orasida voyaga yetmaganlar, keksalar va ayollar ham bor. SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyov buyrug‘i bilan Sovet Armiyasi tomonidan Ozarbayjonning tinch aholisiga nisbatan sodir etilgan bu jinoyat insoniyat tarixiga qonli harflar bilan yozib qoldirilgan.
Ozarbayjonda 20 yanvar - Milliy motam kuni.