Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

OTP Bank Rossiyadan to‘liq chiqib ketishni ko‘rib chiqmoqda

OTP Bank Rossiyadan to‘liq chiqib ketishni ko‘rib chiqmoqda

Vengriyaning eng yirik kredit tashkiloti OTP Bank Rossiyadan to‘liq chiqib ketish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Bloomberg agentligi OTP Group bosh ijrochi direktori Peter Chaniga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bank Boltiqbo‘yi mintaqasiga strategik qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, agentlik ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir yil davomida kredit tashkiloti Rossiyadan qo‘shimcha dividendlarni olib chiqishda qiyinchiliklarga duch kelgan.

«OTP Rossiya bo‘yicha o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Bu Rossiyadan to‘liq chiqib ketish ehtimolini ham o‘z ichiga oladi», — deya Chanining so‘zlari keltirilgan.

Kiritildi: 17:52 28.09.2026. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!