Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

OTMlarda kontrakt pullarini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi

A A A
OTMlarda kontrakt pullarini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovini to‘lash muddati 20 yanvarga qadar uzaytirildi, deb xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 20 yanvari etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan 2022 yil 10 dekabrdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.

Kiritildi: 17:10 05.01.2023. O'qildi: 2212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!