Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Otishma natijasida Qirg‘izistonning 6 ta qishlog‘i "svet"siz qoldi

A A A
Otishma natijasida Qirg‘izistonning 6 ta qishlog‘i "svet"siz qoldi

Botken viloyatida qirg‘iz-tojik chegarasida yuz bergan otishma natijasida Qirg‘izistonning 6 ta qishlog‘i elektr ta’minotisiz qoldi, deb xabar qildi 27 yanvar kuni «Oshelektro» OAJ matbuot xizmati.

Chegaradagi vaziyat keskinlashgani sababli 35/10 kV «Samarqandek» nimstansiyasidan tarmoqqa ulangan 10 kV «Orto-Boz» elektr uzatish liniyasi uzilib qolgan. Quyidagi aholi punktlari elektr ta’minotisiz qoldi - Oq-Say, Ko‘k-Tosh, Orto-Bo‘z, Yangi-Baq, Tosh-Tumshuk, Ko‘k-Terek. Chegara hududidagi vaziyat tufayli elektr ta’minotini tiklashning hozircha imkoni yo‘q.

Botken viloyatining qolgan aholi punktlari normal rejimda elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Hech qanday uzilishlar yo‘q.

Kiritildi: 21:35 27.01.2022. O'qildi: 1821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!