Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Otabek Umarovning avtofalokatdan keyingi ilk oilaviy surati ko‘rsatildi

Otabek Umarovning avtofalokatdan keyingi ilk oilaviy surati ko‘rsatildi

Bugun Otabek Umarov 37 yoshga kirdi. Uning avariyadan keyingi ilk oilaviy surati ko‘rsatildi.

Prezident Mirziyoyevning kichik qizi Shahnoza Mirziyoyeva o‘z Instagramida e’lon qilgan bu suratda Otabek Umarov o‘z rafiqasi va qizi bilan birga aks etgan. Fotoda 13 fevral kuni jiddiy yo‘l transport hodisasiga tushgan prezident kuyovining oyoqlarini cho‘zib maxsus kresloda o‘tirganini ko‘rish mumkin.

13 fevral kuni soat 18 lar atrofida Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Otabek Umarov boshqaruvidagi motosikl oq rangli 01 N 121 PA Chevrolet Epika avtomobilining orqa tarafidan kelib, o‘ng qismiga uriladi. Motosikldan yiqilgan haydovchi yo‘lning chap tomonidagi beton bordyurga borib uriladi. Toshkentning xalq orasida “Prezident trassasi” deb ataladigan yo‘lida, Mustaqillik ko‘chasi, Pushkin metro stansiyasi yaqinida yuz bergan hodisada Umarovning oyog‘idan jarohatlangan.

Kiritildi: 17:13 15.05.2021. O'qildi: 6352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!