Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Otabek Umarov Saida Mirziyoyevaga: "Hurmatli Saidaxon, tug‘ilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklayman!"

A A A
Otabek Umarov Saida Mirziyoyevaga: "Hurmatli Saidaxon, tug‘ilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklayman!"

Otabek Umarov 4 noyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaga tabrik yo‘lladi.

«Hurmatli Saidaxon, tug‘ilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklayman! O‘zingizga bo‘lgan ishonch va iroda hech qachon tark etmasin! ⠀

Mukamallikka intilish — hayotingiz mazmuni ekan, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lidagi barcha qiyinchiliklar doim ortga chekinsin.

Siz men uchun qadrli bo‘lgan akajonimning quvonchi, suyukli rafiqasisiz. Farzandlaringiz Miromon va Saodatxonlar doimo o‘z yutuqlari bilan ko‘nglingizni tog‘dek ko‘tarib yurishlariga tilakdoshman!

Omad, quvonch va mehr hayotingizda hamisha hamroh bo‘lsin», — deyiladi tabrikda.

Ma’lumot uchun, Saida Mirziyoyeva 1984 yil 4 noyabrda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.

Saida Mirziyoyeva 2006 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tugatgan. 2006—2008 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda 2008—2010 yillardan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistranti bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva 2010—2018 yillarda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan. 2018 yildan hozirga qadar O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tadqiqotchisidir. Shuningdek, 2018 yildan hozirga qadar M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Strategik tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi hisoblanadi.

U 2019 yildan e’tiboran Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining kuyovi Otabek Umarov va qizi Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifalari orqali bir-birini to‘ylarining 12 yilligi bilan tabriklagan edi.

Kiritildi: 11:03 04.11.2019. O'qildi: 4745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!