Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Otabek Shukurov ham turk klubi bilan kelishuvga erishdi

A A A
Otabek Shukurov ham turk klubi bilan kelishuvga erishdi

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Turkiyaning boshqa jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.

27 yoshli futbolchi «Kayserispor» klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda klub prezidenti Ali Chamli ma’lumot berdi.

"Biz "Frozinone" klubi hujumchisi Mehdi Burabiya, SSKA Sofiya forvardi Dukens Nazon va "Fotih Karagumruk" yarim himoyachisi Otabek Shukurov bilan kelishuvga erishdik", — dedi Chamli.

«Kayserispor» klubi Turkiya chempionatining joriy mavsumida 24 o‘yindan keyin 29 ochko bilan 13-pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 09:48 09.02.2024. O'qildi: 1326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!