Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Ota qizining sevgilisini o‘ldirib, ko‘mib yubordi!

Ota qizining sevgilisini o‘ldirib, ko‘mib yubordi!

Leningrad viloyatidan bo‘lgan nafaqaxo‘r janjal paytida qizining sevgilisini otib tashlaganlik va jasadini garaj ostiga ko‘mib yuborganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga asoslanib "Komsomolskaya Pravda" yozmoqda.

Huquq-tartibot xodimining so‘zlariga ko‘ra, Pervomayskoye qishlog‘ida yashovchi yigit bir yildan ko‘proq vaqt davomida qidirilgan.

“2019 yil avgust oyida nafaqaxo‘r polisiyaga murojaat qilib, uning 26 yoshli nabirasi g‘oyib bo‘lganini aytgandi. Yigit haqida 15 iyuldan beri hech narsa ma’lum emasdi», – dedi xodim.

Yigitning jasadi 28 oktyabr kuni garaj polining ostiga o‘ralgan holda topilgan. Bino egasi qotillikda gumon qilinib, hibsga olingan. Bu yigit birga yashagan qizning 63 yoshli otasi bo‘lib chiqdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, nafaqaxo‘r qizining sevgilisi bilan janjallashgan va uni otib tashlagan, shundan so‘ng jasadni yashirgan va qurolni yo‘q qilgan.

Kiritildi: 15:31 30.10.2020. O'qildi: 4825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!