Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ota qizini xorijga yubormaslik uchun “qizil pasporti“ni yirtib tashlagan

Ota qizini xorijga yubormaslik uchun “qizil pasporti“ni yirtib tashlagan

Shahrixon tumanida yashovchi 20 yoshli O.B. ismli qiz xorijga chiqish istagida xorijga chiqish biometrik pasportini olgan. Biroq uning ota-onasi chet davlatga qizini yuborishga rozilik bildirmagan. Shu sababli, qizning otasi tomonidan uning “qizil pasporti“ yirtib tashlangan.

Bu haqda ichki ishlar xodimlari fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun qayta ariza topshirganda xabar topgan va pasporti yaroqsiz holatga keltirilganligi uchun unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasiga asosan jarima qo‘llanilgan.

Hozirda Majburiy ijro byurosining Andijon tumanlararo bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ma’muriy jarima pullari undirilgan.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!