Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ota qiyofasi o‘zgarib turadigan qizalog‘iga DNK tekshiruvi o‘tkazdi. Natijada...

Ota qiyofasi o‘zgarib turadigan qizalog‘iga DNK tekshiruvi o‘tkazdi. Natijada...

Ayol uchun farzandining tug‘ilishi hayotidagi eng yaxshi va go‘zal voqea. Albatta, bola ulg‘ayib boravergani sari ota-onasi uni jonidan ortiq seva boshlaydi. Farzandi o‘ziniki ekanligidan shubhalanishni esa umuman xayoliga keltirmaydi. Maqolamiz qahramonlari oilasida hayratlanarli hodisa ro‘y berdi.

Xitoylik er-xotin uzoq yillar davomida farzandli bo‘lishni xohlardi va qiz farzandining tug‘ilishi ular uchun hayotidagi baxtli onlardan biri bo‘ldi. Lekin vaqt o‘tib qizaloqning qiyofasi o‘zgara boshladi. Xitoylik chaqaloqning burni tepaga qayrilib, terisi oqara boshladi, ko‘zlari esa kattalashdi - u ko‘proq yevropaliklarga o‘xshab borardi.

Er xotiniga ishonardi. Lekin qizidagi bu o‘zgarishlar unga tinchlik bermadi. Shunda u qizining sochidan kesib olib, DNK testini o‘tkazishga qaror qildi. Ikki oydan keyin javob keldi - qizaloq 99 foizga uning farzandi. Bir yildan so‘ng qizining tashqi qiyofasi yana o‘zgarib, ota-onasidan keskin farq qilib turardi. Shunda ota yana bir test o‘tkazishga ahd qildi. Keyingi test oldingi natijani takrorladi.

Shubha va gumonlar iskanjasida er endi xotinining avlodlarini surishtirishga kirishdi. Nihoyat, jumboqning javobini topdi – xotinining buvisi britaniyalik bo‘lib, irsiy (gen) jihatdan uning onasiga va unga ta’sir qilmagan, evarasi esa yevropaliklar qiyofasi sohibasiga aylangan.

Ushbu g‘ayrioddiy voqea insonlar qiyofasi haqida oldindan xulosa chiqarmaslikni maslahat beradi.

Bahora MUHAMMADIYEVA tayyorladi

Kiritildi: 08:00 06.04.2020. O'qildi: 8748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!