Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ota dastlab aliment to‘ladi, keyin esa oilasi bilan yarashdi

A A A
Ota dastlab aliment to‘ladi, keyin esa oilasi bilan yarashdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 04.07.2016 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Ye.Turlanovdan undiruvchi G.Madreymovaning foydasiga voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun qarzdorning oylik daromadlaridan  1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro varaqasi Byuroning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor ota bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay kelgani oqibatida, to‘plangan ish hujjatlari sudga o‘tkazilib, ushbu ma’muriy ish sud tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilib Ye.Turlanov MJtKning 47(4)-moddasi bilan aybli deb topilib, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Lekin, shunga qaramasdan qarzdor ota 13 oydan ortiq vaqt mobaynida aliment pullarini to‘lamasdan kelish oqibatida aliment qarzdorligi 14,2 mln. so‘mni tashkil etgan.

Shu sababli, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari davomida unga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlari tushuntirildi hamda mahalla qo‘ni-qo‘shnilar ishtirokida suhbatlar olib borildi.

Natijada esa, qarzdor tomonidan undiruvchiga aliment pullari to‘liq to‘landi va ko‘p vaqt o‘tmay sobiq turmush o‘rtoqlar yarashib ketdi.

Shu sababli, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ishni JKning 66(1)-moddasiga muvofiq JPKning 84-moddasi 4-qismiga asosan qisqartirish masalasini ko‘rib chiqish uchun tuman sudiga yuborildi. Sud esa ishni taraflar ishtiroqida ko‘rib chiqib, Ye.T. o‘z aybiga iqror bo‘lib, jabrlanuvchi G.M. bilan yarashib, yetkazilgan zararni to‘liq bartaraf etganligi sababli, u jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Kiritildi: 19:01 02.06.2020. O'qildi: 2466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!