Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ostonada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tdi

Ostonada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tdi

Paradda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va mamlakatga davlat tashrifi bilan kelgan Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bosh kotibi To Lam qatnashdi.

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, parad o‘tkazilayotgan maydonda urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlar, diplomatik korpus vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat 5 mingdan ortiq mehmon yig‘ilgan.

Paradda Qozog‘iston Qurolli Kuchlarining barcha bo‘linmalari va boshqa harbiy tuzilmalaridan 4 ming nafardan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. 200 dan ortiq qurol va harbiy texnika, shuningdek, 66 vertolyot va harbiy samolyotlar jalb qilingan.

Kiritildi: 20:08 07.05.2025. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!