Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

“Osmondagi bolalar 3” badiiy filmini tasvirga olish ishlari yakunlandi

A A A
“Osmondagi bolalar 3” badiiy filmini tasvirga olish ishlari yakunlandi

Ko‘plab teletomoshabinlarning qalbidan chuqur joy olgan “Osmondagi bolalar” badiiy filmining uchinchi qismi ham suratga olinayotgani haqida xabar bergan edik.

Filmning AQShdagi tasvirga olish ishlari o‘tgan yilning 29 dekabrida o‘z nihoyasiga yetdi. Shu bilan bir qatorda filmning tasvirga olish ishlari ham to‘liq yakuniga yetkazildi, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.

“Osmondagi bolalar 3” badiiy filmini tasvirga olish ishlari yakunlandi

Qayd etilishicha, endilikda ijodiy guruh montaj va ovozlashtirish ishlariga kirishadi.

Ushbu filmning birinchi va ikkinchi qismlari xalqimizga manzur bo‘lgan va tomoshabinlar qalbidan joy olgan edi. Filmning uchinchi qismida qahramonlarning voyaga yetgan davrlaridagi voqealar haqida so‘z boradi.

Film postanovkachi rejissyori Zulfiqor Musoqov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, postanovkachi operator Azizbek Arziqulov, postanovkachi rassom Mariya Soshina, liboslar bo‘yicha rassom Irina Litvinenko, kartina direktori Shuhrat Hamidullayev.

Kiritildi: 11:21 08.01.2023. O'qildi: 4574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!