Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

OSIYODA DORI VOSITALARINI ISHLAB CHIQARISh BO‘YICHA YETAKCHI SANTO KOMPANIYASI TOSHKENTDAGI XALQARO SANOAT KO‘RGAZMASIDA ISHTIROK ETDI

OSIYODA DORI VOSITALARINI ISHLAB CHIQARISh BO‘YICHA YETAKCHI SANTO KOMPANIYASI TOSHKENTDAGI XALQARO SANOAT KO‘RGAZMASIDA  ISHTIROK ETDI

O‘rta Osiyoda dori vositalarini ishlab chiqarishda yetakchi hamda Polpharma Yevropa kompaniyasi qismi hisoblangan SANTO kompaniyasi 2021 yilning 1 yanvarida O‘zbekistondagi vakilligini ochdi va 5 apreldan 7 aprelga qadar Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Innoprom. O‘zbekistondagi katta sanoat haftaligi» sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Xalqaro darajadagi yirik ekspozisiyada Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 300dan oshiq kompaniya o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.

SANTO kompaniyasi va uning ishlab chiqaruvchi kuchi Markaziy va Sharqiy Yevropa, Kavkaz va O‘rta Osiyo bozorlarida faoliyat olib boruvchi Polpharma xalqaro farmasevtik guruhining bir qismi hisoblanadi. Tashkilotni modernizasiya va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan 108 mln AQSh dollari miqdoridagi investision mablag‘ tufayli bugun kompaniya O‘rta Osiyo bozorlariga hamyonbop, GMP xalqaro sifat standartlariga mos dori vositalarini yetkazib bermoqda. SANTO kompaniyasining ishlab chiqarish quvvati har yili 653 mln tabletka, kapsula va granula, 193,8 mln in’eksiya eritmali ampula, 2,6 mln infuzion eritmali paket va butilka, 35,4 mln flakon antibiotik kukuni (sefalosporinlar), 14 mln flakon antibiotik kukuni (penema / misina), 7,7 mln suyuq peroral dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Kompaniyaning investision loyihasini amalga oshirish, uning korxona ishlab chiqarish potensiali rivojiga ijobiy ta’siri, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan dorilar ko‘lamini oshirish hamda O‘rta Osiyo davlatlari bozorlaridagi hamkorlikka oid muvaffaqiyatli tajriba haqida SANTO bosh direktori Iji Urbanes so‘zlab berdi.

«Biz bunday keng qamrovli va nufuzli voqea ishtirokchisiga aylanganimizdan xursandmiz, - dedi SANTO kompaniyasi bosh direktori Iji Urbanes. – Bizga sanoatning yangi o‘sish nuqtalarini izlash, turli mamlakatlar vakillari o‘rtasida biznes-aloqalarni kengaytirishga qaratilgan mazkur ko‘rgazmaning maqsadlari yaqin va tushunarli hamda biz Yevroosiyo hududidagi hamkorlikka oid muvaffaqiyatli tajribamiz bilan bo‘lishishimiz mumkin. Shu yildan Toshkent shahrida kompaniyamizning yana bir vakillik ofisi ish boshlagani ham ramziy ma’noga ega».

Bugungi kunda SANTO xastaliklarni davolashning turli sohalariga oid 12ta farmakoterapevtik guruhdagi 240dan ortiq generik preparatlar portfeli bilan O‘rta Osiyoda farmasevtik ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan biri sanaladi.

Kompaniya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda o‘zining ofislariga ega va Rossiya, Ukraina, Mongoliya, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlar bozorlariga eksportni amalga oshiradi. 2021 yilning yanvaridan Polpharma kompaniyasining O‘zbekistondagi vakilligi SANTO kompaniyasining ofisi sifatida ish boshladi.

«Jamoa bu yerda yangi strategik vazifalarni shakllantirmoqda, - deydi Iji Urbanes. - Biz yangi bozorda mahsulotlarimiz yetakchiligiga erishishni maqsad qilganmiz».

Bu gapni ishonch bilan aytish uchun Iji Urbanesda barcha asoslar bor, bugun SANTO bozorga yangi mahsulotlarni chiqarib, moliyaviy barqarorlik va turg‘unlikni namoyish etmoqda. Faqat o‘tgan yilning o‘zida bozorga 12ta yangi preparat chiqarilgan. Ilk marotaba kompaniya mahsulot aylanmasi 100 million dollarga yaqinlashdi, savdo hajmi 42 mlrd tenge ko‘rsatkichiga yetdi, o‘sish 30 foizni tashkil etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, SANTO kelgusida ham O‘rta Osiyoda yetakchilikni rivojlantirish niyatida. 2025 yilga borib yangi preparatlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan, bunda kompaniyaning Qozog‘istondagi zavodida yaratilgan 50dan ortiq dori pozisiyalarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Bularning barchasi kompaniyaning tor yo‘nalishda ishlash emas, balki barcha dori shakllari va preparatlarining keng tarmog‘iga ega bo‘lish istagini ko‘rsatadi. Qolaversa, farmasevtikadagi investision loyihalar davlat tomonidan yaxshigina qo‘llab-quvvatlanadi. Farmasevtika bozorida yetakchi hamda mamlakat sog‘liqni saqlash tizimida ishonchli hamkor bo‘lish, O‘zbekistonning taniqli va hurmatga sazovor brendiga aylanish – bugun SANTO’ga aynan mana shu istiqbolli maqsadlar ilhom bermoqda. «Biz mamlakatlarimizni sevamiz, odamlar haqida qayg‘uramiz va ularga sog‘lom bo‘lishda yordam berishni maqsad qilganmiz, ular o‘zlarini yanada yaxshiroq his qilishi, ko‘proq ishlarni amalga oshira olishi va ko‘proq umr ko‘rishini istaymiz», - deya so‘zini yakunladi Urbanes.

SANTO haqida:

SANTO Member of Polpharma Group (SANTO kompaniyasi) savdo belgisi ostidagi «Ximfarm» AJ – Polpharma xalqaro farmasevtik guruhining Markaziy va Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bozorlarida faoliyat olib boruvchi qismi. Kompaniya Qozog‘iston va Markaziy Osiyo bozorlari uchun yuqori sifatga ega hamyonbop dori vositalarini yaratadi, ishlab chiqaradi va yetkazib beradi. Bugun SANTO kompaniyasi Qozog‘iston farmasevtik ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda. Kompaniya portfeli terapiyaning turli sohalarida xastaliklarni davolash uchun 12ta farmakoterapetik guruhda 240 generik preparatni o‘z ichiga oladi.

Kompaniya 8ta mamlakat - Rossiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Mongoliya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikistonga eksportni amalga oshiradi va Qozog‘iston bozori ehtiyojlarini ta’minlaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot:

Tatyana Filipchik, SANTO kompaniyasining

mintaqaviy PR-menedjeri

e-mail: tatyana.filipchik@santo.kz

www.santo.kz

 

Kiritildi: 22:20 10.04.2021. O'qildi: 2610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!