Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Osiyoda birinchi marta milliarder ayol futbol assosiasiyasi rahbari bo‘ldi

Osiyoda birinchi marta milliarder ayol futbol assosiasiyasi rahbari bo‘ldi

Tailandlik sug‘urta magnati Nualpan Lamsam mamlakat futbol assosiasiyasi prezidenti etib tayinlandi, deb xabar beradi AFP.

“Madam Pang” nomi bilan tanilgan “Muang Thai Insurance” kompaniyasining bosh direktori, shuningdek, Tailand milliy futbol jamoasi menejeri Nualpan Lamsam mamlakat futbol assosiasiya boshqaruv kengashining yopiq yig‘ilishidan so‘ng Osiyoda futbol assosiasiyasining eng yuqori lavozimiga saylangan dastlabki ayol prezidentga aylandi.

“Men xursandman, bu haqiqatan ham mening niyatim edi. Menga ovoz berganlarga rahmat aytaman. Futbol – bu xalq sporti va bu butun Tailand aholisining umididir”, – deydi 57 yoshli Nualpan.

Nualpan 2021 yildan beri milliy futbol jamoasi menejeri lavozimida ishlab keladi.

Kiritildi: 21:49 09.02.2024. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!