Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonning ikki sportchisi tahlilida taqiqlangan moddalar aniqlandi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonning ikki sportchisi tahlilida taqiqlangan moddalar aniqlandi

Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi bilan bog‘liq doping holatlari qayd etildi. Ikki nafar sportchi tekshiruvlar yakunlanguniga qadar musobaqalardan vaqtincha chetlatildi.

Xalqaro test agentligi ma’lumotiga ko‘ra, kanoeda eshkak eshuvchi Pavel Eygeldan 23 sentyabr kuni olingan namunada trimetazidin moddasi aniqlangan.

Shuningdek, MMA bo‘yicha O‘zbekiston vakili Nodirbek Shavkatovning tahlilida meldoniy topilgan. Shavkatov mazkur Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Har ikki modda Butunjahon antidoping agentligi taqiqlangan preparatlar ro‘yxatining S4 toifasiga kiradi. Ulardan musobaqa davrida ham, musobaqadan tashqari paytda ham foydalanishga ruxsat berilmaydi.

Sportchilar holat haqida rasman xabardor qilingan. Amaldagi antidoping qoidalariga muvofiq, ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilgunga qadar ular musobaqalar, mashg‘ulotlar va boshqa sport tadbirlarida ishtirok eta olmaydi.

Ayni paytda bu yakuniy diskvalifikasiya qarori emas. Eygel va Shavkatov vaqtinchalik chetlatish yuzasidan Sport arbitraj sudining antidoping bo‘limiga murojaat qilish, shuningdek, "B" namunasini tekshirishni talab qilish huquqiga ega.

Kiritildi: 22:18 29.09.2026. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!