Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Osiyo Kubogi-2023. O‘zbekiston 2-savatchadan joy oldi

Osiyo Kubogi-2023. O‘zbekiston 2-savatchadan joy oldi

Ushbu musobaqaga 11 may kuni qur’a tashlanadi. Qur’a jarayonida terma jamoalar o‘sha paytdagi FIFA reytingiga ko‘ra savatchalarga ajratiladi.

Alisher Nikimbayevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi 6 aprel kuni e’lon qilinadigan FIFA reytingiga ko‘ra, ikkinchi savatchada bo‘ladi.

Osiyo kubogi-2023 qur’asi uchun savatchalar quyidagicha bo‘ladi:

1-savatcha

Qatar (musobaqa mezboni), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni

2-savatcha

Iroq, BAA, Ummon, O‘zbekiston, Xitoy, Iordaniya

3-savatcha

Bahrayn, Suriya, Falastin, Vyetnam, Qirg‘iziston, Livan

4-savatcha

Hindiston, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Gonkong, Indoneziya

Kiritildi: 19:37 29.03.2023. O'qildi: 5154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!