Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 finalidagi mag‘lubiyatdan keyin yo‘q bo‘lib qolgan Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarga qaytdi

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 finalidagi mag‘lubiyatdan keyin yo‘q bo‘lib qolgan Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarga qaytdi

«An-Nasr» Osiyo Chempionlar Ligasi 2 finalida «Gamba Osaka»ga (0:1) mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, Krishtianu Ronaldu sukut saqlayotgan edi. Yulduz futbolchi bir necha kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda hech qanday post qoldirmadi.

Seshanba kuni Ronaldu Portugaliya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasidan joy olgani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, portugaliyalik to‘purar birdaniga bir nechta post joylashtirdi — u dastlab «An-Nasr»ning navbatdagi o‘yini anonsini, keyin esa Portugaliya terma jamoasi akkaunti tomonidan chiqarilgan JCH-2026 qaydnomasini o‘z sahifasiga repost qildi.

21 may kuni «An-Nasr» o‘z maydonida «Damak» klubini qabul qiladi. Agar «An-Nasr» ushbu bahsda g‘alaba qozonsa, muddatidan oldin Saudiya Arabistoni chempioniga aylanadi. Bu Ronaldu uchun «An-Nasr» safidagi ilk rasmiy sovrin bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:59 19.05.2026. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!