25−28 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubida IV xalqaro Rally Muynak — 2023 ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Rally Muynak ekstremal avtomobil musobaqalari dastlab O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida turizmini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PK-5611-son qaroriga muvofiq 2019 yil o‘tkazilgan.
Musobaqalarda dvigatel hajmi 1600 sm³ va 2000 sm³ bo‘lgan maxsus uskunalangan sport avtomobillari, shu bilan birga, dvigatel hajmi 1600 sm³ bo‘lgan baggi sport avtotransportlari hamda dvigatel hajmi 152 sm³ dan 500 sm³ gacha bo‘lgan motosikllar ishtirok etdi.
Sport avtomobillari umumiy uzunligi 425 kilometrni tashkil etuvchi trassa bo‘ylab harakatlandi. Ushbu masofaning aksariyat qismi Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubidagi ekstremal hududlardan iborat. Baggi va mototsikl musobaqalari esa maxsus trassada o‘tkazildi.
“Poyga davomida trekning eng xavfli joylarida ham xavfsizlik me’yorlariga amal qilingani va tajriba tufayli ishtirokchilar jiddiy jarohat olmadi”, — deyiladi Qoraqalpog‘iston turizm vazirligi axborot xizmati xabarida.
G‘oliblar
A-8 klassi bo‘yicha 1600 sm³
A-9 klassi bo‘yicha 2000 sm³
Baggi bo‘yicha
Motosikllar klacci bo‘yicha 125 sm³
Motosikllar klacci bo‘yicha 500 sm³
Mo‘ynoqda ushbu kunlarda musobaqa jarayonlaridan tashqari kunduzi oshpazlarning gastronomik tomoshalari bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, kechqurun didjeylarning elektron musiqiy konsert dasturlari tashkillashtirildi.