Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Orolbo‘yi muammolarini hal etishda jamoat tashkilotlarining o‘rni qanday?

Orolbo‘yi muammolarini hal etishda jamoat tashkilotlarining o‘rni qanday?


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fondning “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlaydigan asos sifatida ko‘llar, suv-botqoq va qirg‘oqbo‘yi hududlarini saqlash hamda boshqarish” (""Aral wetlands") qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida Nukusda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, "Aral wetlands" loyihasining maqsadi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, asosiy biologik xilma-xillik hududlari va asosiy ornitologik hududlar atrofidagi samarali landshaftlarning yer va suv resurslarini kompleks boshqarish bilan birgalikda tuproq degradasiyasining oldini olish orqali Quyi Amudaryo va Orol dengizi havzalarida ekotizim va hayot uchun vositalarning barqarorligini yaxshilashdan iborat.

Maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘lgan jamoat ekologik tashkilotlari ushbu muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynashi lozim. Orolbo‘yida turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘ttizga yaqin ekologik jamoat tashkiloti mavjud va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Aholining e’tiborini dolzarb muammolarni hal etishga qaratish, jamoatchilik ongini shakllantirishda ekologik jamoat tashkilotlarining o‘rni ko‘p jihatdan namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishda aholining ijtimoiy faolligi nafaqat uning ekologik madaniyati darajasiga, balki ularga ijtimoiy ahamiyatga ega qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkonini beruvchi qonun hujjatlarining mavjudligi, aholining xabardorligi, atrof-muhitning ekologik holati, jamoat ekologik tashkilotlarining aholi bilan munosabatlari kabi omillarga ham bevosita bog‘liq.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Xorazm viloyati jamoat tashkilotlari rahbarlari, ixtisoslashtirilgan idoraviy tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlari xodimlari, “Aral wetlands” loyihasi vakillari (xodimlari va ekspertlari) hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida loyiha xodimlari va mutaxassislari loyihaning erishilgan natijalari va tabiiy resurslarga g‘amxo‘rlik qilish, jumladan, muhofaza etiladigan hududlarni boshqarishda muhimligi haqida ma’lumot berishdi.

Xabardorlikni oshirish komponenti har bir maqsadli hududda birinchi navbatda yer degradasiyasining neytral balansi va mahalliy hayotni saqlab qolish uchun biologik xilma-xillikni qishloq xo‘jaligi amaliyotiga integrasiya qilish muhimligi haqida xabardorlikni oshirish uchun maxsus tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida Quyi Amudaryo va Orol dengizi havzasidagi landshaft zonalarida (Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog‘iston) fermerlar, cho‘ponlar, jamoatchilik vakillari, ta’lim va maslahat xizmatlari va mahalliy hokimiyat vakillari uchun loyiha tajribasini turli mavzularda kengroq tarqatish va ko‘paytirish maqsadida yigirmata axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 09:57. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!