Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Orban Zelenskiy bilan gaplashmoqchi bo‘ldi, lekin rad javobini oldi

Orban Zelenskiy bilan gaplashmoqchi bo‘ldi, lekin rad javobini oldi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kiyevdan Ukraina va Rossiya o‘rtasida Rojdestvo paytida o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini muhokama qilish uchun Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishni so‘ragan, ammo rad javobini olgan.

Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Kossuth radiostansiyasining yakshanba kungi dasturida ma’lum qildi.

Vazirning eslatishicha, 11 dekabr kuni Orban Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali Rossiya va Ukraina o‘rtasida Rojdestvo sulhi va katta asirlar ayirboshlash imkoniyatini muhokama qilgan. Shundan so‘ng bosh vazir Zelenskiyga ham shunday taklif qilmoqchi bo‘ldi. "Men bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri va Ukraina prezidenti idorasi rahbariga xabar berib, Viktor Orban va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon suhbatiga ruxsat berishni so‘radim, ammo bizga rad javobini berishdi," - dedi Siyyarto.

Vengriya TIV rahbari Ukrainaning qarorini "diplomatiyada mutlaqo misli ko‘rilmagan harakat" deb atadi.

Kiritildi: 21:48 15.12.2024. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!