AQSh prezidentlik saylovlarida respublikachi Donald Trampning g‘alabasi tufayli Vengriyaning yakkalanishiga barham berildi.
Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bayonot berdi.
Uning ta’kidlashicha, endi Budapesht yolg‘iz emas, "butun Amerika" u bilan.
Vengriya bosh vaziri, shuningdek, Trampning AQShdagi saylovlardagi g‘alabasi Ukrainada tinchlikni "etti mil" yaqinlashtirishini ta’kidladi. Siyosatchining ta’kidlashicha, u respublikachi nomzod g‘alaba qozonishiga ishonchi komil, chunki odamlar “urush, migrasiya va genderdan” charchagan.