Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlaridagi mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va natijalarni tahlil qilishga va’da berdi.
"Raqamlar o‘zi gapiradi; bu aniq mag‘lubiyat. Biz 2,3 million ovoz oldik, raqibimiz esa 3,1 million ovoz oldi", dedi u Patriota portaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Fides" partiyasining maqsadi uch million ovozni olish edi, shunda uning siyosiy kuchi mamlakatni yangilash uchun yetarli bo‘ladi. Biroq, ularning saylovoldi tashviqoti saylovchilar ishtiroki oldingi saylovlardagidek - 70 foizdan sezilarli oshmaydi degan taxminga asoslangan edi.
Siyosatchi mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va "ilgari ovoz bermagan, ammo yangi kelgan" saylovchilar nima sababdan unga qarshi ovoz berganini tahlil qilishga va’da berdi.
U o‘zining asosiy muvaffaqiyatsizligini "Paksh" atom elektr stansiyasi qurilishining to‘liq yakunlanmagani deb bilishini aytdi. Orbanning ta’kidlashicha, agar AES qurib bitkazilganda, bugun Vengriya iqtisodiyoti ancha yaxshi ahvolda bo‘lar edi.
Ayni damda "Paksh" atom elektr stansiyasi Vengriya elektr energiya ta’minotining deyarli yarmini ta’minlamoqda. "Rosatom" bilan hamkorlikda boshlangan loyihaga ko‘ra ikkita yangi energiya bloki ishga tushirilgandan so‘ng, bu ulush ikki baravar ko‘payishi kutilmoqda. Mamlakat rahbariyati yadro energiyasi energiya xavfsizligini ta’minlashning kaliti ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.