Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Orban Rossiya va Xitoy yetakchilari Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralari o‘tkazilishini kutayotganligini ma’lum qildi

Orban Rossiya va Xitoy yetakchilari Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralari o‘tkazilishini kutayotganligini ma’lum qildi

Vengriya bosh vaziri Rossiya va Xitoy yetakchilari 2024 yil oxirigacha Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralari o‘tkazilishini kutayotganligini ma’lum qildi — El Pais.

Viktor Orban iyul oyi boshida Rossiya va Xitoyga amalga oshirgan tashriflari haqida Yevropa Ittifoqiga hisobot berdi. Bu haqda ispan nashri Vengriya bosh vaziri Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel va YEI davlatlari rahbarlariga yo‘llagan maxfiy xabarlarga tayanib yozmoqda.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinpin Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralari yil oxirigacha bo‘lib o‘tishini taxmin qilishmoqda. O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan takliflar va tinchlik muzokaralari bo‘yicha yo‘l xaritasi ijobiy qabul qilinishiga katta imkoniyat borligiga ishonaman", — deya tushuntiradi Orban o‘z hisobotida.

Vengriya bosh vazirining fikricha, Yevropa AQShni kutib o‘tirmasdan tinchlik tashabbusini boshlashi kerak. U Qo‘shma Shtatlar va Yeropa Ittifoqining hozirgi harakatini "urush siyosati" deb atadi. Viktor Orban YEI rahbarlarini Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda o‘zini "halol vositachi" deb hisoblovchi Si Jinpin bilan muloqotni boshlashga chaqirdi.

Vengriya hukumati rahbari, shuningdek, Xitoy rahbari bilan uchrashuvda AQShdagi prezidentlik saylovidan keyin mamlakatning yangi davlat rahbari o‘z vazifasiga kirishishdan oldin tezda siyosiy natijaga erishish uchun bosimga duch kelishini muhokama qildi. Uning fikricha, tezkor tinchlik muzokaralari yangi ma’muriyat manfaatlariga mos kelishi mumkin.

Kiritildi: 19:09 10.07.2024. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!