Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Oqoltin va Chilonzorda dori vositalarini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

A A A
Oqoltin va Chilonzorda dori vositalarini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.U. va boshqalar pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotib daromad orttirish maqsadida 121 dona “Remdesivir” nomli dori vositasini 6 800 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.M. va boshqalar 129 dona “COVIFOR” nomli dori vositasini 6 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:12 10.09.2021. O'qildi: 2073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!