Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Oq uyning sobiq shifokori: "Bayden sog‘lig‘i tufayli prezident bo‘la olmaydi"

Oq uyning sobiq shifokori: "Bayden sog‘lig‘i tufayli prezident bo‘la olmaydi"

Oq uyning sobiq shifokori, kongressmen Ronni Jekson Fox News telekanaliga bergan intervyusida Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Bayden sog‘ligi sababli prezident bo‘la olmasligi va uning kognitiv muammolari butun mamlakat uchun katta xavf tug‘dirayotganini aytdi.

“Uning jiddiy muammolari bor. Bu milliy xavfsizlikning haqiqiy muammosi”, — deyiladi telekanal xabarida.

Jeksonning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyat "har kuni yomonlashmoqda".

Doktor, shuningdek, u Baydenni Barak Obama ma’muriyatida vise-prezident bo‘lganida "har kuni" kuzatganini va o‘sha paytdan boshlab siyosatchining kognitiv qobiliyati sezilarli darajada yomonlashganini sezganini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:14 12.02.2024. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!