Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oq uyning shirin nusxasi: Melaniya Tramp Oq uyni Rojdestvo bayrami uchun bezatdi

Oq uyning shirin nusxasi: Melaniya Tramp Oq uyni Rojdestvo bayrami uchun bezatdi

AQShning birinchi xonimi Oq uyni bezash uchun 50 dan ortiq Rojdestvo archalari, 200 metrga yaqin gulchambarlar va 55 kilogramm shirinlik xamiriga buyurtma berdi. Bu haqda u X sahifasida ma’lum qildi.

Suratlarda mumtoz amerikacha uslubdagi dabdabali yaltiroq dekorasiyalar. Birinchi xonimga xos bo‘lgan qizil lentali Rojdestvo gulchambarlari Oq uyning tashqi derazalarini bezab turadi. Asosiy archa Moviy xonada joylashgan va harbiy xizmatda qarindoshini yo‘qotgan oilalarga Oltin Yulduz oilalariga hurmat bajo keltiradi.

Yana bir archa Yashil xonani ham bezab turibdi, unda Jorj Vashington va Donald Trampning portretlari bor - ularning har biri 6 000 ta Lego detallaridan yasalgan. Xona bayramning oilaviy xarakterini ifodalaydi.

Qizil xona yoshlarga bag‘ishlangan: ko‘plab kapalaklar Melaniyaning asrab olingan bolalari uchun "Kelajakni targ‘ib qilish" dasturini eslatadi. Hammasi bo‘lib xonani 10 000 dan ortiq kapalak bezab turibdi.

Eslatib ztamiz, Melaniya Tramp Rojdestvo bayrami munosabati bilan Oq uyni beshinchi bor bezab turibdi. U barcha bezak elementlarini o‘zi tanlaydi.

Bugundan boshlab bezatilgan Oq uy bo‘ylab an’anaviy ommaviy ekskursiyalar boshlanadi, o‘n minglab mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Jumladan, ular Davlat oshxonasidagi mashhur pryanik uychasini ko‘rishadi - bu safar Oq uyning shirin nusxasi 54 kg xamirdan tayyorlangan.

Kiritildi: 23:18 02.12.2025. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!