Oq uy Tramp va Putin suhbati yakunlari bo‘yicha bayonot berdi:
"Bugun AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Ular Ukrainadagi urushni to‘xtatish va tinchlikka erishish muhimligini muhokama qilishdi. Ikkala davlat rahbari bu mojaro tezroq hal qilinishi kerakligi borasida hamfikr ekanini ta’kidladilar.
Suhbat davomida Tramp va Putin AQSh hamda Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash zarurligini ta’kidlashdi. Urushda qurbon bo‘layotgan insonlar, sarflanayotgan resurslar ikki davlat xalqlarining farovonligiga yo‘naltirilsa maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.
Bu mojaro aslida boshlanmasligi kerak edi va tinchlikka erishish uchun barcha imkoniyatlar avvalroq ishga solinishi lozim edi. Liderar tinchlik sari ilk qadam sifatida energetika va infratuzilma sohasida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olishdi. Shuningdek, Qora dengiz yo‘llarining xavfsizligini ta’minlash, urushni to‘liq to‘xtatish va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish bo‘yicha texnik muzokaralar o‘tkazilishi haqida kelishib olindi. Bu jarayon tez orada Yaqin Sharqdan boshlanadi.
Suhbat chog‘ida prezidentlar Yaqin Sharqdagi mojarolarning oldini olish bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarini ham muhokama qilishdi. Ular strategik qurollarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib, bu yo‘nalishda boshqa davlatlar yordamida harakat qilishni rejalashtirishdi. Shuningdek, Eron hech qachon Isroilni yo‘q qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi kerakligi borasida umumiy pozisiyada qolishdi.
Har ikki rahbar ham AQSh va Rossiya o‘rtasida yaxshiroq munosabatlar o‘rnatish va ulkan imkoniyatlar yaratishni rejalashtirishdi. Bu jarayonlar nafaqat siyosiy barqarorlikni, balki yirik iqtisodiy bitimlar tuzish imkoniyatlarni ham berishi ta’kidlab o‘tildi. Ikki tomon tinchlik yo‘lida qadam tashlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi."