Oq uy Microsoft va boshqa bir qancha IT-kompaniyalarini PERM vizasi va yashil karta dasturidan vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yganini e’lon qildi.
AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens va Mehnat vaziri Kit Sonderling viza firibgarligiga qarshi kurash bo‘yicha matbuot anjumanida bu haqda e’lon qilishdi.
"Biz Microsoftni PERM dasturidan chetlashtirishga qaror qildik. Bu shuni anglatadiki, ular endi xorijiy ishchilarga H1-B vizalari va Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashovchi maqomini taklif qila olmaydilar. Microsoft va boshqa har qanday amerikalik yoki xorijiy kompaniyalarga bizning xabarimiz oddiy: biz sizning Qo‘shma Shtatlarda gullab-yashnashingizni istaymiz. Lekin siz amerikalik ishchilarni ishdan bo‘shatib, ularni arzon xorijiy ishchi kuchi bilan almashtira olmaysiz", dedi Vens.
Sonderlingning qo‘shimcha qilishicha, Microsoftdan tashqari, xorijiy ishchi kuchini faol ravishda ishga oluvchi boshqa IT-kompaniyalari, jumladan, Adobe, Cognizant , Infosys, Tata Consultancy Services , Wipro , HCL Technologies va Capgemini ham chetlashtirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2009 yildan beri ular uchun taxminan 230 000 ta H1-B vizalari tasdiqlangan.
2025 yil sentyabr oyida Mehnat departamenti "Project Firewall" loyihasini ishga tushirdi, bu agentlikning yirik IT-korporasiyalari tomonidan xorijiy ishchi kuchini yollash ustidan nazoratini kuchaytirdi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp H1-B vizalari uchun to‘lovni 100 000 dollargacha oshirish to‘g‘risidagi farmon chiqardi. 2026 yil sentyabr oyi oxirida Tramp buyruqni yana bir yilga uzaytirdi.