AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik guruhi bilan Eronning uch bosqichli muzokaralar taklifini muhokama qildi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt brifingda ma’lum qildi.
"Men prezident bugun ertalab milliy xavfsizlik guruhi bilan uchrashganini tasdiqlay olaman... Taklif muhokama qilindi", dedi u.